Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

 Zo‘ravonlikka qarshi kurashishda jamiyatning har bir a’zosi faol ishtirok etishi zarur. Bunda nafaqat davlat va huquqni muhofaza qilish organlari, balki har bir insonning mas’uliyati bor. O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Urganch shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Rustamboy Ismoilovich tashabussi bilan “Tozabog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” nomli tadbir uyushtirildi.  

Tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda ta’kidlandiki, zo‘ravonlik — jamiyatimizning rivojlanishi va farovonligi
yo‘lidagi katta to‘siqdir. Har birimiz zo‘ravonlikka qarshi turish, uning oldini olish va uni kamaytirishga hissa qo‘shishimiz lozim. Zo‘ravonlikning hech qanday shakli oqlanishi yoki qabul qilinishi mumkin emas. Biz barcha turdagi zo‘ravonlikka qarshimiz va jamiyatda tinchlik, hamjihatlik va hurmatni targ‘ib qilishda birgalikda harakat qilishimiz kerak. Ushbu uchrashuvlar aholining huquqiy faolligini oshirish, ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 1