Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Saylovchilar bilan uchrashuv

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning "mahalla yettiligi" bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi KQ-35-V-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab berildi.

Deputat va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 15-mart kuni Хalq deputatlari G'ijduvon tuman Kengashining 29-“Xo‘jai Jahon” saylov okrugi deputati Faxriddin Ashurov o‘z saylov okruglarida joylashgan “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi muammolari va “mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hududni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda deputat va “mahalla yettiligi” bilan o'zaro hamkorligini yo'lga qo‘yish, ushbu hamkorlik natijasida mahalladagi qator muammolar bartaraf etish, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish vazifalari belgilandi.

Mahallada aniqlangan holatlar bo‘yicha mutassadilarga kerakli tavsiyalarni berdi.

Slide 1 of 2