Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 14-“Zilol” saylov okrugidan saylangan deputat X.Xamdamova Jizzax shahar “Zilol” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “mahalla yettiligi” aʼzosi B.Abduvaliyev ham ishtirok etdi.

Mahallada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 2445 nafar aholi istiqomat qilib, ulardan 1237 nafari xotin-qizlardir. Aholining aksariyat qismini tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar, talabalar hamda davlat korxonalarida ishlovchi yoshlar tashkil etadi.

Muloqot davomida mahalla yoshlari bilan alohida suhbat olib borilib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, bandlik masalalari, erta nikohlarning oldini olish kabi muhim mavzularda fikr almashildi. Shuningdek, mahalla yoshlari o‘rtasida volontyorlik harakatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kichik guruh tashkil etish, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha turli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv samimiy va mazmunli tarzda o‘tib, mahalla yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 2