Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
MAHALLADA KICHIK BIZNES VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna tomonidan “Yangibog‘” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Jumladan, mahallada kichik biznes va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, yoshlar, xotin-qizlar, aholi bandligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlari o‘rganildi.

💡Ushbu ishlar “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

💰 Shuningdek, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mavjud soliq va kredit imtiyozlari haqida batafsil tushuntirish berish, aholining moliyaviy imkoniyatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan mahallalarda aholi manfaatlarini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 3