Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
7-sonli DMTTdagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Paxtakor MFY saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuvlar hamda joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar davomida “Zilola” 7-sonli DMTTda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda navbatning ko‘pligi va xonalar yetishmasligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

O‘rganishlar davomida 210 o‘ringa mo‘ljallangan DMTTda amalda 249 nafar bola tarbiyalanayotgani, navbatda esa 384 nafar bola turgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, binoda foydalanish uchun ta’mirtalab bo‘lgan 2 ta xona mavjudligi aniqlandi.

Mazkur xonalarni ta’mirlash va foydalanishga topshirish orqali qo‘shimcha guruhlar tashkil etish hamda bolalar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkoniyati mavjud.

Shu munosabat bilan aniqlangan muammoni bartaraf etish, ta’mirtalab xonalarni ta’mirlash va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1