35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
YOSHLAR — YANGI O‘ZBEKISTONNING BUNYODKOR KUCHI!

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Yoshlar kuni” doirasida “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat” kuniga bag‘ishlangan “Ma’naviyat va zamonaviylik” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🤝Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqbolхоn ham ishtirok etdi.

🗣Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Deputat tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ta’lim va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚Shuningdek, jadidlar merosini keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “100 kitob haqida kitob” nomli yangi nashr taqdimoti o‘tkazildi.

✨Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat, ilm-ma’rifat va bunyodkorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar bilan deputatlik korpusi o‘rtasidagi samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 6