35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
15-maktabning yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

🔎 Mazkur yo‘nalishlar doirasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘.Shukurov tomonidan 15-umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi o‘quv xonalari, bino va inshootlarning holati, isitish tizimi, zarur jihozlar hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6