35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kotib

Deputatlarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi aholi muammolarini hal etish, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning muhim mexanizmidir.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi 25-“Chimyon” okrugi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shaxnoza Umarova fuqarolar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazdi. Qabulda aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va tegishli choralar belgilashga alohida e’tibor qaratildi.


Uchrashuv davomida deputat tomonidan fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Xususan, ijtimoiy himoya, tibbiy ko‘mak, moddiy yordam, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda joyida hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3