35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “NASLCHILIK TOʻGʻRISIDA” QONUNI

#huquqiy_axborot_soati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING  “NASLCHILIK TOʻGʻRISIDA” QONUNI

Chorvachilik sohasini rivojlantirish, nasldor hayvonlarning genetik salohiyatini oshirish hamda sifatli chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda “Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonun muhim huquqiy asos hisoblanadi. Ushbu Qonun 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan boʻlib, mamlakatimizda naslchilik ishlarini tashkil etish va rivojlantirish tartibini belgilaydi.

💠 Qonunning asosiy maqsadlari:

♾ nasldor hayvonlarning mahsuldorlik va zot sifatini yaxshilash;
♾ naslchilik resurslarini yaratish, saqlash va oqilona foydalanishni taʼminlash;
♾ seleksiya ishlarini ilmiy asosda rivojlantirish;
♾ qimmatli genofondni asrash va boyitish;
♾ chorvachilik mahsulotlari sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
♾ naslli mahsulotlarni sertifikatlashtirish va davlat nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Mazkur Qonun chorvachilikni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda sohada samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Qonunlarni bilish va ularga rioya qilish — huquqiy madaniyatning muhim mezonidir!

📱 Telergram |📱 Fecebook | 📱 Instagram |📱  E-kengash