35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-«Navbahor» saylov okrugidan saylangan deputat A. Suvanovning saylov okrugiga qarashli «Xalq yo‘li» mahallasida bo‘lib, mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarining borishini mahalla raisi ishtirokida muhokama qildi.

Suhbat davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilma va kommunal sohalarga oid dolzarb masalalarning yechimi, aholi murojaatlari asosida belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda har bir masala yuzasidan mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3