35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Tuman Kengashi raisi “Mohiyat” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlash borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Muzrabot tumanidagi “Mohiyat” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ismailov Abdurashid saylangan 23-"Chegarachi" saylov okrugiga qarashli "Mohiyat" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda mahalliy Kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 2026-yilda tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilingan muhim qarorlarning mazmun-mohiyati va ularning amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga oid qator murojaat va takliflar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi. Bildirilgan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6