35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, xususan, liftlarning ishlash faoliyati hamda podyezdlarning sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarda aholiga yaratilgan sharoitlar, liftlarning texnik va ishchi holati, ulardan foydalanishdagi mavjud muammolar, shuningdek, podyezdlarning tozaligi, yoritilishi, eshik va derazalarining holati hamda hududning obodonlashtirilganlik darajasiga e’tibor qaratildi.

🏠 Ma’lumki, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, umumiy foydalanish joylarini doimiy ravishda saqlash va ta’mirlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlarida yashovchi aholi uchun liftlarning soz va uzluksiz ishlashi kundalik hayotda katta qulaylik yaratadi.

📋 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, liftlarning texnik sozligini ta’minlash hamda podyezdlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🤝Aholining murojaatlari va takliflarini o‘rganish, ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda hududlarda mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularni bartaraf etish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4