35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ismatov hamda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari bilan birgalikda Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 2026-yil 28-iyuldagi VII-30-70-2-33-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.

📁Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil II chorak davomida aholi murojaatlari va ularning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisidagi axborot asosida qabul qilingan.

🔎 Oʻrganish davomida Prezidentning Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi vakillari bilan birgalikda “Doʻstlik” MFYda yashovchi fuqaro N.Shodievaning murojaati ham koʻrib chiqildi.

📣Fuqaro murojaatida “Vobkent Siti” MChJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uy-joy qurilishi jarayonida yer maydonida chuqur qazilgani, yer maydoni hududidan elektr energiyasi tarmogʻi oʻtkazilgani hamda zilzilaga chidamliligini tekshirish moslamasi yordamida xonadoniga zarar yetkazilganini bildirgan.

📌Oʻrganish natijasida murojaatda koʻrsatilgan muammolar “Vobkent Siti” MChJ tomonidan toʻliq bartaraf etilgani, fuqaroga yetkazilgan moddiy zarar qoplangani hamda xonadoni taʼmirlab berilgani aniqlandi.

✔️ Shu orqali aholi murojaatida koʻtarilgan masalaning amaliy yechimi taʼminlangani qayd etildi.

Slide 1 of 5