35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kengash_faoliyati

"Farovon" mahallasidagi infratuzilma va ta’lim muassasalari muammolari yuzasidan deputat so‘rovi chiqarildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati A.A.Pardayev "Farovon" mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida tuman hokimining qurilish, kommunal soha va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Doniyorov nomiga deputat so‘rovi yubordi.

Deputat so‘rovida uchta muhim masalaga mas’ullarning e’tibori qaratilgan:

1. Mustaqillik shuquhi ko‘chasi bo‘ylab 12-maktab, 2-texnikum, 2-DMTT va QVPga qatnovchi aholi hamda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2 km masofada piyodalar yo‘lakchasini (trotuar) barpo etish;

2. 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yakunlanmay qolgan qurilish-ta’mirlash ishlarini poyoniga yetkazish hamda bino tom qismi va sovitish tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish;

3. "Farovon" MFY uchun zamonaviy va barcha sharoitlarga ega yangi mahalla idorasi binosini qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.

Qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Tuman Kengashiga yozma axborot taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 2