35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Ekspert guruhi faoliyatidan

Ekspert guruhi faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Ekspert guruhi a’zosi Masharipov Hamdam Kenjayevich Kengash qarorlari va sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni atroflicha o‘rganib chiqdi. U sessiya muhokamasiga taqdim etilgan hujjatlar va qaror loyihalarining mazmun-mohiyati, ularning qonuniyligi, ijtimoiy ahamiyati hamda hudud aholisining manfaatlariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, qaror loyihalarini yanada takomillashtirish, ularda belgilangan vazifalarning aniq va samarali ijrosini ta’minlash, mas’ullar hamda amalga oshirish mexanizmlarini yanada oydinlashtirish yuzasidan o‘zining asoslangan taklif va mulohazalarini bildirdi. Bildirilgan takliflar sessiya muhokamasining mazmunli va samarali o‘tishini, qabul qilinadigan qarorlarning hayotiyligi hamda ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1