35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Shombuloq mahallasida “Yagona muammolar xaritasi” loyihasi doirasida o‘rganish

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Ochilov tomonidan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida Shombuloq mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning infratuzilma holati, mavjud muammolar, aholining kundalik ehtiyojlari hamda hududni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar to‘plash va ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlari boshlandi.
📌 Shombuloq mahallasi haqida asosiy ma’lumotlar:
🔹 Tashkil topgan sanasi — 2016-yil 10-fevral
🔹 Umumiy maydoni — 72,5 gektar
🔹 Asosiy drayver yo‘nalishi — bog‘dorchilik va chorvachilik
🔹 Ko‘chalar soni — 7 ta
🔹 Aholisi — 3 912 nafar
🔹 Xonadonlar — 657 ta
🔹 Oilalar — 1 023 ta
🔹 Tomorqaga ega xonadonlar — 657 ta
🔹 3 marotaba hosil oladigan xonadonlar — 15 ta
🔹 Qo‘shimcha dala tomorqasiga ega xonadonlar — 35 ta
🔹 Issiqxona tashkil etgan xonadonlar — 25 ta
🔹 Maktablar — 2 ta
🔹 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari — 2 ta
👥 Ijtimoiy holat:
🔸 Pensionerlar — 478 nafar
🔸 Boquvchisini yo‘qotgan oilalar — 40 ta
🔸 O‘zgalarning parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar — 2 nafar
🔸 Vasiylik va homiylikka olingan bolalar — 15 nafar
🔸 Nogironligi bo‘lgan fuqarolar — 86 nafar
🔸 “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar — 96 nafar
🔸 “Yoshlar daftari”dagi yoshlar — 6 nafar
🔸 Ishsizlar — 78 nafar
🔸 Mehnat migrantlari — 441 nafar
Mazkur ma’lumotlar asosida mahallaning mavjud imkoniyatlari, muammolari va rivojlanish istiqbollarini tizimli ravishda aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

🎯 Maqsad — mahalladagi har bir muammoni aniq belgilash, imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududning rivojlanish yo‘lini belgilash.

Slide 1 of 1