35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Sherobod tumani Boybuloq mahallasi Bobotepa qishlog'ida PQ-141-sonli qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sherobod tumani Boybuloq mahallasi Bobotepa qishlog'ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida belgilangan amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ularni amalga oshirish jarayoni davom etmoqda.

🤝 Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Hakimova hamda deputat Q. Rahamov, shuningdek, tumandagi tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida PQ-141-sonli qaror asosida Boybuloq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi muhokama qilindi. Mahalla faollarining mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari tinglandi.

📝 Bildirilgan takliflar hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlar va deputatlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Bunday uchrashuvlar masalalarni joyida o‘rganish, mahalla faollarining fikr va takliflarini inobatga olish hamda belgilangan ishlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq manfaatlari yo‘lida — ochiq muloqot va amaliy hamkorlik!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5