35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#Kotibiyat _xodimi #faoliyati

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira hududida yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva tomonidan amalga oshirildi. O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi Baxromov Islombekning faoliyati, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Hududda jami 755 nafar yosh istiqomat qilishi, ular bilan ishlashda har bir yoshning qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqib individual yondashuvni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati doirasida belgilangan vazifalar ijrosi va yoshlar muammolarining amaliy yechimiga alohida e’tibor qaratilishi qayd etildi.

Slide 1 of 1