35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
"Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi "Duoba" MFY bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismini ta’mirlash ishlari boshlandi.

"Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi "Duoba" MFY bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismini ta’mirlash ishlari boshlandi.

#24_masala

✅ Hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda ichki yo‘llarning sifatini yaxshilash maqsadida "Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi va "Duoba" mahalla fuqarolar yig‘ini bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismida ta’mirlash ishlari boshlandi.

✅ Mazkur yo‘l uzoq yillardan buyon hudud aholisi uchun muhim transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘ldan har kuni mahalla aholisi, o‘quvchilar, tadbirkorlar va transport vositalari faol foydalanadi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, qatnov uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi, yo‘lning o‘tkazuvchanligi oshadi hamda transport qatnovida yuzaga kelayotgan noqulayliklar bartaraf etiladi.

✅ Shuningdek, mazkur loyiha mahallalar o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish hamda aholining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.

✅ Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Sh.M.Boyqulov, tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Toqchi saylov okrugi hududida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib boriladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu dastur doirasida "Toqchi" mahallasidan o‘tuvchi "Duoba" MFY bilan bog‘lovchi 75V077 avtomobil yo‘lining 1.09 kilometr qismi asfaltlanadi, 2 km latok hamda 1 km piyodalar yo'lakchasi qurishi nazarda tutilgan

Slide 1 of 5