35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich tashabbusi bilan mahalliy dasturlar ijrosi hamda hududdagi muammolarni manzilli o‘rganish maqsadida Ishchilar mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, mavjud tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yangi transformator o‘rnatish, eskirgan yog‘och elektr ustunlarini yangilash hamda elektr simlarini zamonaviy kabel tizimiga almashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan maslahatlashgan holda zarur choralar belgilandi. Kelishilgan holda elektr ta’minotini yaxshilash, yangi transformator o‘rnatish hamda elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputatlari Yaqubboy Qutlimuratov hamda Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovich faol ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratdilar.

Slide 1 of 1