35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat so'rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Deputat so'rovi yuborildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 11-Sariq saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Alimov tomonidan “Yangi turmush” mahallasida “Ayollar daftari”ning 4-toifasida turuvchi 12 nafar fuqaroga patronaj hamshirasi tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi holati yuzasidan Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sobirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur fuqarolarga tibbiy ko‘rik va patronaj xizmatlari to‘liq ko‘rsatilmayotgani, shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan murojaat va xatlarning ko‘rib chiqilishi holati yuzasidan asoslantirilgan axborot berish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish so‘ralgan.

Shuningdek, deputatlik so‘rovi orqali “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga zarur tibbiy xizmatlarni muntazam ko‘rsatish, mahalla yettiligi tomonidan yuborilayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ular yuzasidan amaliy choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2