35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Yangi hayot mahallasida amaliy ishlar va fuqarolar bilan muloqot

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#mahalla_yettiligi
#nazorat_tahlil

Yangi hayot mahallasida amaliy ishlar va fuqarolar bilan muloqot

20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Ch.Normo‘minovning saylov okrugi hududidagi “Yangi hayot” mahallasida o‘rganish va uchrashuvlar tashkil etildi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari, jumladan, xususiy maktab qurilishi hamda Madaniyat va istirohat bog‘ini tadbirkor mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Yangi barpo etilayotgan xususiy maktabdagi qurilish jarayonlari bilan tanishilib, ishlarning sifati va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida “Yangi hayot” mahallasidagi sobiq “Mustaqillik” ko‘chasida yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Xususan, “SHOHIDA QURUVCHI” XK tomonidan 1,5 km uzunlikdagi yo‘lga asfalt yotqizish uchun joy tayyorlash ishlari olib borilayotgani hamda mazkur hududda 1,5 km uzunlikdagi ariq qazish va betonlash ishlari bajarilgani ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari mahallada yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish nuqtayi nazaridan ijobiy baholandi.

Bundan tashqari, ko‘chaboshilar va mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Muloqotlar davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ham fuqarolarning fikr va takliflari o‘rganildi.

Jarayonlarda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, tegishli mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, joylardagi bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3