35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
“Zarobod” mahallasidagi 6-sonli MTT da o'rganish o'tkazildi

#deputat_okrugida

“Zarobod” mahallasidagi 6-sonli MTT da o'rganish o'tkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Qiziriq tumani prokurori Sh.Mamirqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri, Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K.Muhammadiyev tomonidan “Zarobod” mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari asosida tumandagi qator ijtimoiy soha obyektlarida mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, mazkur loyihalar 2025-yilda yakunlangan.

Shunga qaramay, “Zarobod” mahallasida joylashgan 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, obyekt bugungi kunga qadar foydalanishga topshirilmagan.

Mazkur holat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, aniqlangan muammoni hal etish yuzasidan tuman darajasida bir qator ishlar amalga oshirilgani, shuningdek, tegishli deputatlik so‘rovlari yuborilganiga qaramay, masala hanuzgacha ijobiy hal etilmagani qayd etildi.

Muammoni tezkor va samarali hal etish, maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirish choralarini ko‘rish maqsadida hududdan viloyat Kengashiga saylangan deputat D.Radjapova nomidan Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari A.Amirovga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3