35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#fuqaro_murojaati #o'rganish

Olmaliq shahrining "Navro'z" mahalla fuqarolar yig'inida aholi osoyishtaligi, ularning uzog'ini yaqin va og'irini yengil qilish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hudud deputati Abdujabbor Djurayev mahalla yettiligi bilan birgalikda aholidan kelib tushgan dolzarb murojaatlarni joyiga chiqqan holda atroflichta o'rgandi.

📍 Murojaatlar e'tiborda: Internet tarmog'i ulandi
Aholi vakillari tomonidan bildirilgan sifatli internet tarmog'iga ulanish borasidagi murojaat deputat va mas'ul tashkilot vakillari ishtirokida joyida tahlil qilindi. Yuzaga kelgan texnik masalalar zudlik bilan hal etilib, fuqarolarning zamonaviy zamonaviy aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ta'minlandi.

🤝 Ijtimoiy himoya – ustuvor vazifa
O'rganishlar davomida mahalla ijtimoiy xodimining faoliyati ham atroflicha tahlil qilindi.
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar birma-bir ko'rib chiqildi.
Ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar va fuqarolar masalalarini unumli hal etish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yuzaga kelayotgan muammolarni vaqtincha emas, tizimli va uzil-kesil hal etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.
"Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitish va muammolarga tezkor yechim topish — faoliyatimizning bosh mezoni hisoblanadi."

Xalq vakillari va mahalla yettiligining bu kabi hamkorlikdagi doimiy muloqoti fuqarolarning davlatga va adolatga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4