35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Aholi tashabbuslari — mahalla taraqqiyoti sari muhim qadam

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda ekspert guruhi a’zolari tomonidan deputatlik nazorati tartibida Bo‘ston tumani Gʻolib mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jamoatchilik tashabbuslari asosida taklif etilgan loyihalarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda tahlil ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi va ishchi komissiya tomonidan har bir tashabbusning mazmun-mohiyati, aholi uchun ahamiyati hamda hudud ehtiyojlariga qanchalik mos kelishi atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, ularning amaliy natijalari va aholi hayotiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ta’siriga ham baho berilmoqda.
Tashabbuslar belgilangan mezonlar asosida baholanib, eng dolzarb, hayotiy va keng aholi manfaatlariga xizmat qiladigan loyihalarni saralab olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aholi bilan muloqot, tashabbus va amaliy natija — mahalla taraqqiyotining asosiy mezoni!

Slide 1 of 5