35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi loyihalarini amalga oshirish va bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Marg‘ilon shahrining Navro‘z mahallasida tashkil etilgan Yoshlar kichik sanoat zonasida ajratilgan lotlardan samarali foydalanish, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

Mazkur masala Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan deputatlik nazoratiga olindi.
Deputat tomonidan Marg‘ilon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyevga deputat so‘rovi yuborilib, Yoshlar kichik sanoat zonasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan lotlardan foydalanish samaradorligi, loyiha tashabbuskorlarining faoliyati, investitsiya loyihalarining ijrosi hamda yaratilgan ish o‘rinlari to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot so‘raldi.

Mazkur deputat so‘rovi orqali hududdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlarning amaliy natijadorligini o‘rganish ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 1