35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 20-Terak tagi saylov okrugi deputati R. Madaminov tomonidan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida olib borildi.

Jarayon davomida sinfxonalarning jihozlanishi, sanitariya holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud shart-sharoitlarning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi masalalari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — ta’lim oluvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, maktabning yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarligini ta’minlash hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini deputatlik nazorati asosida kuchaytirishdan iborat.

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoit deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida.

Slide 1 of 9