35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
KENGASH FAOLIYATI: TAHLIL, TAJRIBA VA AMALIY KO‘MAK

KENGASH FAOLIYATI: TAHLIL, TAJRIBA VA AMALIY KO‘MAK

🏛 Belgilangan reja-grafik asosida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Hamroyev Jamoliddin Jumaqulovich tomonidan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining faoliyati o‘rganilib, olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🔎 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda Kengash hujjatlarini yuritish borasidagi amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.

📚 Shuningdek, kotibiyat xodimlariga ish jarayonini yanada takomillashtirish, deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va hududdagi muammolarni deputatlik nazorati orqali tizimli ravishda o‘rganish yuzasidan amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mazkur jarayonning asosiy maqsadi — mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning vakillik va nazorat funksiyalarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

✨ Samarali Kengash — faol deputat, mas’uliyatli kotibiyat va xalq bilan yaqin muloqot demakdir.

Slide 1 of 3