35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
📍 Orol ko‘chasida aholi murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Do‘stlik” MFY hududidagi Orol ko‘chasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan uchrashdi.

💬 Muloqot davomida aholi tomonidan kundalik hayot uchun muhim bo‘lgan qator masalalar ko‘tarildi.

Xususan, ko‘chaga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv yetkazib berish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

🌿 Shuningdek, “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida aholini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va hududni ozoda saqlash ishlariga faol jalb etish yuzasidan fikr almashildi.

📝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.

🤝 Ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda o‘rganish, ularning amaliy yechimini izlash va natijasi bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

📌 Aholi bilan bevosita muloqot — muammoni aniqlashdan uni amaliy yechimgacha olib borishning muhim bosqichidir.

Slide 1 of 2