35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kotib

Hududlardagi mavjud masala va muammolarni hal etish- aholiga qulay sharoitlar yaratishda, hududlar qiyofasini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlarning joylarda olib borayotgan o‘rganishlari va turli muammolarga yechim topishga ko‘maklashayotgani e’tiborga molik.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi sessiyaga ko‘chalarga asfalt yotqizish yuzasidan kiritilgan masalani o‘rganish maqsadida “Alisherobod” hamda “Zakovat” mahallalariga amaliy tashrif buyurdi. Ushbu o‘rganish tadbirida Kengash huzuridagi ekspertlar guruhi a’zolari ham ishtirok etdilar.

Deputatlar hududlarga chiqib, mahallalardagi ichki yo‘llarning holati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida yo‘l qoplamalarining holati ko‘rib chiqilib, fuqarolar bilan muammoli holatlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan yo‘l muammolarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash hamda aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

O‘rganish tadbirlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 6