Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
🔷 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qarori ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevichlar tomonidan 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich hududiga kiruvchi Ogahiy mahallasida navbatdagi deputatlik monitoringi o'tkazildi.
Monitoring davomida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining tegishli qarori ijrosi doirasida "og'ir" toifadagi mahallalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida respublika budjetidan ajratilgan mablag'larning maqsadli va samarali sarflanishi atroflicha o'rganildi.
Xususan, mahalla aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan yo'l infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan qurilish-ta'mirlash ishlari joyiga chiqib ko'zdan kechirildi. Bajarilgan ishlarning sifati, loyiha talablari va ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring o'tkazilib, mas'ul mutasaddilar bilan muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarning aholi uchun yaratayotgan qulayliklari, yo'llarning ekspluatatsiya sifati hamda kelgusida hududni yanada obod etish bo'yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati doirasida bunday monitoring tadbirlarini muntazam o'tkazish budjet mablag'laridan oqilona foydalanishni ta'minlash, bajarilayotgan ishlar sifati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5