Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A. Abdujamilovga biriktirilgan kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘linma tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, huquqiy madaniyat, kitobxonlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyani yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, davlat dasturlari va muhim tashabbuslarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, mahallalar, ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik holati, tasdiqlangan rejalar ijrosi hamda o‘tkazilgan tadbirlar hisoboti o‘rganildi.

Bo‘linmada hujjatlar yuritilishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini baholash mezonlari, targ‘ibot materiallari, elektron axborot resurslaridan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va jamoatchilik bilan muloqot holatiga ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarning qamrovini kengaytirish, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada tizimli tashkil etish hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5