Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar murojaatlari tinglandi

 Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Terakzor mahallasida bo‘lib, yoshlar
bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish, ta’lim olish, sport va bo‘sh
vaqtni mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq taklif hamda tashabbuslar muhokama qilindi.
X.Raximov har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, yoshlarning
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yechimlar topish davlat siyosatida muhim o‘rin tutishi
qayd etildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va davlat hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 6