Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Oilaviy tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” MFY hokim yordamchisi A.Mo‘ydinovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari doirasida navbatdagi o‘rganish amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida “Chodaklik” mahallasi, Zamondosh ko‘chasi, 121-uyda istiqomat qiluvchi, o‘zini o‘zi band qilgan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Yo.Muhammedjanovaning faoliyati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ evaziga tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda tadbirkor o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borib, oilaviy daromadini oshirish hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘rganish davomida tadbirkor bilan suhbat o‘tkazilib, faoliyatni yanada kengaytirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3