Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimi F.Nusratovaning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda manzilli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 47 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar yetkazib berilgani, 80 yoshdan oshgan 3 nafar keksaga qarovchilar biriktirilib, ularga muntazam ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shuningdek, 3 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgani, 1 nafar yolg‘iz yashovchi fuqaro yakka yolg‘iz yashovchilar reyestriga kiritilib, unga ijtimoiy assistent biriktirilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish, texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda sog‘lomlashtirish maqsadida sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3