Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, FUQAROLAR FIKRI O‘RGANILDI, “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI TANQIDIY KO‘RIB CHIQILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, FUQAROLAR FIKRI O‘RGANILDI, “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI TANQIDIY KO‘RIB CHIQILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "1-Degrez" okrugi deputati Begjanov Ulug'bek Utkurovich tashabbusi bilan Degrez mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan muloqot qilindi, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi hamda “mahalla yettiligi” faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

📇 Ayni paytda mahallada 25 ta ko‘cha, 1 ta ko‘p qavatli uy, 1 450 ta oila, 705 ta xonadon va 5 560 nafar fuqaro istiqomat qiladi. “Ayollar daftari”da 155 nafar xotin-qiz, Ijtimoiy reyestrda esa 30 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan.

📊 O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga ham e’tibor qaratildi. Xususan, hokim yordamchisining ish joyida mavjud emasligi qayd etilib, mas’ullarga o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📈 Shuningdek, Ko‘knoq ko‘chasining kirish qismiga asfalt qoplamasi yotqizilmagani hamda Uchtut ko‘chasi orqali yuqori kuchlanishli elektr kabeli o‘tkazilgach, yo‘l qoplamasini qayta tiklash masalalari ko‘tarildi. Mazkur muammolar mas’ullarga yetkazilib, ularning yechimi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5