Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

👥 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Raximov, kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring ishlari olib borildi.

🔎 Monitoring davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, ijtimoiy soha obyektlari, yashil hududlar, ariq va zovurlar, jamoat joylari hamda umumiy foydalanishdagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, 🌱 daraxt va manzarali butalarni parvarishlash, sug‘orish tizimlari, 🗑 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda sanitariya qoidalariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, 🌿 hududni yanada obod va ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan mas'ul tashkilotlar va mutasaddilarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

🤝 Hududlarni obodonlashtirish, ekologik muhitni asrash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bu kabi monitoring va nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

✨ Obod mahalla — farovon hayot, ozoda muhit esa barchamizning umumiy mas'uliyatimizdir!

Slide 1 of 5