Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Bog‘dod ko‘chasida zamonaviy 24/7 ko‘cha loyihasi joyida o‘rganildi

 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-fevraldagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash doirasida Bog‘dod ko‘chasining 0,6 kilometr qismida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish hamda hududning investitsiyaviy va tadbirkorlik salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida 12 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etish, mavjud tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish hamda 70 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgani qayd etildi.

Hududni ko‘zdan kechirish jarayonida deputat tomonidan loyiha ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, ko‘chaning zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Hududni kompleks rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va zamonaviy shahar infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan ishlar deputat nazoratida davom ettirilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2