Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala

Bandixon tumanida ijtimoiy himoya masalalari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasining "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib tashkil etildi. Mazkur qonunda aholining, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning sifatli, manzilli va o‘z vaqtida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqlari kafolatlangan.

Nazorat davomida tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya xizmatlari va imtiyozlarning amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida:
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi;
🔹 reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanish darajasi;
🔹 markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xodimlarning xizmat ko‘rsatish madaniyati va muomala etikasi yuzasidan monitoring olib borildi.

Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini
kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat xizmatlari sifati ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4