Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
“Kreativ Park” loyihasi bo‘yicha takliflar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda “Ekspert guruhi” a’zosi K.Bektaev deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna topshirig‘iga asosan tumanda barpo etilayotgan “Kreativ Park” hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔍 O‘rganish davomida park hududidan o‘tuvchi kanalning beton qismiga loyiha bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirish taklifi joyida ko‘rib chiqildi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, mazkur o‘zgartirish yoshlar va tashrif buyuruvchilar uchun qayiqlarda sayr qilish imkoniyatini yaratish, dam olish maskanining jozibadorligini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.

💬 Shuningdek, loyiha doirasida “Kreativ Park” hududida savdo shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, umumiy ovqatlanish maskanlari va boshqa tadbirkorlik faoliyati uchun yer maydonlari ajratilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

🤝 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha nafaqat zamonaviy hordiq chiqarish maskanini yaratishga, balki yangi ish o‘rinlari tashkil etish, yoshlar va tadbirkorlar uchun biznesni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Slide 1 of 6