Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

📝 Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

🏫 Jumladan, Sherobod tumani hududidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i R. Raimovning hisoboti tinglandi.

🩺 Shuningdek, tumanda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X. Muxammadiyevning hisoboti eshitildi.

🌱 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF–6017-son "O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i Sh. Suvonovning hisoboti ham muhokama qilindi.

💬 Majlis davomida deputatlar tomonidan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Mas’ul tashkilotlar rahbarlariga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅ Qo‘shma majlis yakunlari bo‘yicha kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🤝 Xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining bunday majlislari hududdagi muhim masalalarni muhokama qilish, ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6