Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-"Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev tomonidan "Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. Xususan, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi "Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida "Oydinbuloq Baliqlari" fermer xo‘jaligi faoliyatini imtiyozli kredit va o‘z mablag‘lari hisobidan kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallada belgilangan 8 ta ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasining amalga oshirilish holati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 7