35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
YOSHLIK KO‘CHASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

 YOSHLIK KO‘CHASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Toshhovuz mahalla fuqarolar
yig‘inida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida
mahalladagi mavjud muammolar, obodonlashtirish holati hamda aholini qiynayotgan
masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
 

Toshhovuz mahallasida jami 10 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, deputat tomonidan
shundan 2 ta ko‘chada o‘rganish o‘tkazildi.
 

Jumladan, deputat Yoshlik ko‘chasida ko‘cha boshi I.Rahmonov bilan
uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi.
Ko‘cha boshi I.Raxmonov tomonidan eng birlamchi masala deb ko‘chaning 200 metr
uzunlikdagi qismini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi.
 

Shuningdek, mazkur ko‘chada joylashgan 18 ta xonadonning yashash sharoiti,
infratuzilma holati hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi.
 

O‘rganish yakunida bildirilgan murojaatlar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ul
tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilish, tuman hokimligi
huzuridagi ''infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik'' jamg‘armasi hisobidan
moliyalashtirish hamda ijrosi deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 5