35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
SAYLOVCHILAR MANFAATI – DEPUTAT FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI

 SAYLOVCHILAR MANFAATI – DEPUTAT FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI 

  Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 1-Yuziya saylov okrugidan
saylangan deputati O.Olimov tomonidan Yuziya mahalla fuqarolar yig‘inida
saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
 

Uchrashuvda tuman tashkilotlari mas’ullari, mahalla yettiligi a’zolari,
nuroniylar, yoshlar hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
 

Muloqot davomida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida
amalga oshirilgan deputatlik faoliyati sarhisob qilinib, fuqarolar murojaatlari
bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari yuborish, davlat organlari bilan
hamkorlikda muammolarni hal etish hamda saylov okrugi hududida olib borilgan
bunyodkorlik va ijtimoiy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
 

Shuningdek, uchrashuv ochiq savol-javob tarzida davom etib, fuqarolar tomonidan ichki
yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi,
obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha taklif hamda murojaatlar
bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari
ishtirokida muhokama o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
belgilandi.
 

Yakunida deputat saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholini qiynayotgan
muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash
deputatlik faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini
ta’kidlab, bildirilgan barcha murojaatlar shaxsiy va deputatlik nazoratiga
olinishi ma’lum qilindi.
  

Slide 1 of 2