35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Ko‘p tarmoqli poliklinikada tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholini qabul qilish tizimi, shifokorlar faoliyati, tor mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, tashxis qo‘yish va davolash jarayonlari, navbatlarni tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muassasada raqamlashtirish jarayonlari, xususan, elektron tibbiy kartalarni yuritish, elektron navbat tizimi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish, elektron retseptlardan foydalanish, tibbiy ma’lumotlarni axborot tizimlari orqali shakllantirish va saqlash hamda tibbiyot xodimlarining raqamli platformalar bilan ishlash ko‘nikmalari ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, raqamli tibbiyot imkoniyatlarini keng joriy etish va fuqarolar uchun zamonaviy, tezkor hamda shaffof tibbiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5