35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasida “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi hamda soliq organlari faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

 Oʻrganish davomida davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan vazifalarning bajarilishi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish, davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, soliq organlari faoliyatining qonuniylik, ochiqlik, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilganligi, soliq to‘lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, elektron davlat xizmatlarini keng joriy etish, soliq hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish, murojaatlar bilan ishlash hamda profilaktik tushuntirish ishlarini tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida qonun talablarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish, raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlar uchun yanada qulay muhit yaratish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3