35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Oqtepa mahallasi ichki ko‘chalaridagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 7-Oqtepa saylov okrugi deputati Mamatqulov Ilhom Abdurashidovichga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi H. Mirzayeva tomonidan Oqtepa mahallasi hududidagi ichki ko‘chalarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning ma’lum qilishicha, mahalladagi 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7-uylar oldidagi ichki ko‘chalar avval sement-beton qoplamasi bilan ta’mirlangan. Biroq qish mavsumidagi anomal sovuq hamda muzlamaga qarshi sepilgan tuzlar ta’sirida beton qoplamaning sifati yomonlashgan. Natijada beton tarkibidagi mayda shag‘allar yer yuzasiga chiqib qolgan bo‘lib, bu piyodalar harakati uchun noqulaylik tug‘dirmoqda va aholi tomonidan mazkur holat yuzasidan tez-tez murojaatlar kelib tushmoqda.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli ma’lumotlar deputat Ilhom Mamatqulovga yetkazildi. Mazkur masalani ijobiy hal etish hamda ichki ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli ishlar belgilandi.

Slide 1 of 4