35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
DEPUTATLIK SO’ROVI ASOSIDA YO‘L INFRASTRUKTURASIDAGI MUAMMO O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Kashkarov Oleg Romavichga “Usta shirin” mahallasi fuqarosi tomonidan yo‘l infratuzilmasiga oid murojaat kelib tushdi.

🔎Murojaatda Iftixor va A. Po‘lat ko‘chalari kesishmasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘i qopqog‘ining nosoz holati qayd etilgan. Qopqoqning asosiga zich yopishmasligi oqibatida transport vositalari harakatlanishi vaqtida kuchli shovqin yuzaga kelayotgani hamda mazkur hududdagi quduqni ta’mirlash, zaruratga ko‘ra uni qayta o‘rnatish lozimligi bildirilgan.

📝Fuqaroning ma’lum qilishicha, ushbu masala yuzasidan Yunusobod tumani hokimligiga avval ham murojaat qilingan bo‘lsa-da, hozirga qadar muammo o‘z yechimini topmagan.

🤝Mazkur murojaat deputat tomonidan deputatlik nazoratiga olindi. Holat joyiga chiqib o‘rganiladi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3