35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#haftalik_ish_reja #162_qonun #deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot 🗣Biriktirilgan tashkilot faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasida bo‘lib, tashkilotning bugungi kundagi faoliyatini tegishli qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan savolnoma orqali atroflicha o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida tashkilot tomonidan davlat ma’naviy-ma’rifiy siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tasdiqlangan reja va dasturlar ijrosi, hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat-tahlil davomida tashkilot faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar muhokama qilinib, ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.