35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI SHAKLLANTIRILMOQDA

2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI SHAKLLANTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilga mo‘ljallangan hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlariga saylovchilar ehtiyojlari va hududlarda mavjud muammolardan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.

🗣 7-Ilm saylov okrugi deputati Allayarova Nargiza Xoliqulovna tomonidan quyidagi muhim takliflar ilgari surildi:

🔹 Ilm mahallasi hududidagi 6 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun zamonaviy yo‘l infratuzilmasini yaratish.

🔹 Ilm mahallasidagi 99-son va 116-son umumta’lim maktablari stadionlarini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash hamda ularni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash.

🔹 To‘rt Tom mahallasida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish. Bugungi kunda ushbu mahallada davlat bog‘chasi mavjud emasligi sababli mazkur loyiha maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va yosh oilalar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.